Sirdaryo viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Guliston shahridagi ayrim mahallalarda eskirgan va xizmat muddati o‘tgan suv quvurlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda. Bu orqali nafaqat xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, balki uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish tizimini takomillashtirish maqsad qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy qiymati 36 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha doirasida 67 kilometr ichimlik suvi quvurlarini almashtirish rejalashtirilgan. Ayni paytda "Ulug‘ yo‘l", "Nurafshon", "Yangi hayot", "Qorapchi" va "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida ichimlik suv quvurlari tortilib, ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

[gallery-23370]

Hozirga qadar 26 kilometrga yaqin yangi suv quvurlari tortilib, 300 ga yaqin xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulandi. Shuningdek, har bir uyga zamonaviy suv hisoblagichlari o‘rnatilib, suvdan oqilona foydalanish uchun zarur shart-sharoit yaratildi.

– Ulug‘ yo‘l mahallasiga 1980 yillarda o‘rnatilgan eski quvurlar chirib, yaroqsiz holga kelib qolgandi. Prezidentimiz e’tibori sabab mana bu yil toza ichimlik suvi bilan bog‘liq muammomiz amaliy yechim topdi. Buning uchun davlatimiz rahbariga rahmat deydi, – "Ulug‘ yo‘l"lik mehnat faxriysi Abdusamad Shodiyev.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, loyiha to‘liq amalga oshirilgandan so‘ng, aholiga toza va sifatli ichimlik suvi uzluksiz yetkazib beriladi. Bu esa fuqarolarning turmush darajasini yaxshilanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ichimlik suvi muammosi bartaraf etilmoqda