Ibrogimov Muhammadrasul Abdimumin o‘g‘lining psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Talabalar sotsial iqtidorining psixologik prediktorlari” mavzusida
Ibrogimov Muhammadrasul Abdimumin o‘g‘lining 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Talabalar sotsial iqtidorining psixologik prediktorlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.P.01.18 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 15-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlari fakulteti binosi, 4-qavat 416-xona.
Tel.: (0-37) 246-67-72
e-mail: nauka@nuuz.uz