Ibratli oilalarga ko‘krak nishonlari topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan shahrida “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan namunali oilalarni hamda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov so‘z olib, mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
[gallery-17449]
Viloyatdagi barcha shahar va tumanlardan jami 14 namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni topshirildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur tanlov oilalarni mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qilish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadiga qaratilgan bo‘lib, unda jamiyat hayotida faol hamda oilada sog‘lom muhitni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasida o‘rnak ko‘rsatayotgan oilalar munosib taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA