Ibratli harbiy oila – kelajak avlod uchun namuna
FOTOREPORTAJ
Milliy madaniyat, urf-odat va uni asrash, harbiy oilalarda oila farovonligini ta’minlash hamda tug‘ilib o‘sgan yurtidan uzoqda yashayotgan oilalarni birlashtirish maqsadida Termiz garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasiman!” shiori ostida “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining qo‘mondonlik bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy va do‘stona raqobat ruhida kechgan tanlovda harbiy oilalar “Oilam – mening baxtim”, “Darts”, “She’riyat gulshani”, “Oilam – mening faxrim”, “San’atim – saodatim” shartlari asosida o‘zaro bellashdi.
[gallery-28803]
Ishtirokchilar sahna yordamida mehr-oqibat, hurmat, hamjihatlik, farzandlar tarbiyasiga e’tibor kabi qadriyatlarni namoyon etib, chin ma’noda ibratli oila ekanliklarini isbotladi.
Har galgidanda qiziqarli va hayajonli kechgan bahslar hakamlar hay’atiga eng munosib g‘olibni aniqlashda ancha murakkablik tug‘dirdi. Adolatli va shaffof baholash tizimi asosida ikki nafar farzandning ota-onasi bo‘lgan, kichik serjant Navro‘z Muhammedov va Zarina Qo‘ziyeva oilasi birinchi o‘rinni egalladi. Endilikda ushbu oila ko‘rik-tanlovning Mudofaa vazirligi bosqichida Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik sharafini himoya qiladi.
Tanlov g‘oliblari va sovrindorlar qo‘mondonlikning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA