Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “Ibrat Farzandlari” loyihasi doirasida “Ibrat Debate” dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

May oyidan boshlab start olgan ushbu debat sessiyalari tuman yoshlarining faqatgina ingliz tilida muloqot qilish ko‘nikmasini emas, balki tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash hamda sahnada erkin va ta’sirli nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Yoshlar ishlari agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning tuman bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ibrat Debate” dasturida faol ishtirok etgan yoshlar maxsus sertifikatlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuni alohida qayd etish joizki, “Ibrat Debate” – bu shunchaki bahslashish maydoni emas, balki yoshlar uchun o‘zini kashf etish, fikrlarini erkin va asosli ifoda etish, yangi do‘stlar orttirish va intellektual o‘sish imkoniyatidir.

Sessiyalar davomida ishtirokchilar qiziqarli va mazmunli muhokamalarda faol ishtirok etdilar, tajribali mentorlar rahbarligida bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar. Jamoaviy muhitda ishlash, fikr bildirish va uni asoslash ko‘nikmasini shakllantirishdi.

– Ta’limning zamonaviy va samarali usullaridan biri bo‘lgan debatlar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi, – deydi Yoshlar ishlari agentligining tuman bo‘limi rahbari Rashid Ismoilov. – Ayniqsa, ingliz tilidagi debatlar yoshlarning til bilimini mustahkamlash, erkin mulohaza yuritish hamda global fikrlash qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

“Ibrat Debate”–  bu intellektual muhit, madaniyatli va asosli munozara qilishni o‘rgatuvchi platforma bo‘lib, yoshlar o‘rtasida teran fikr, saviyali nutq va o‘zaro hurmat ruhini shakllantirishga hissa qo‘shadi  deya fikr bildirishdi.

Eng asosiysi, bu kabi loyihalar nafaqat bir kun, balki yil davomida doimiy ravishda tashkil etilishi belgilandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibrat Debate – nutq, fikr va ilhom maydoni