Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
“Allomalarimiz haqida 10 ta fakt” loyihasining navbatdagi soni buyuk mutafakkir ajdodlarimizdan biri Abu Ali ibn Sinoga bag‘ishlanadi. Tib ilmining sultoni bo‘lgan Ibn Sino yana ko‘plab fanlar rivojiga hissa qo‘shgan.
1) Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro viloyatining qadimgi Afshona qishlog‘ida tavallud topgan.
2) Asl ismi Husayn ibn Abdulloh bo‘lgan qomusiy olim G‘arbda “Avitsenna” nomi bilan mashhurdir.
3) Ibn Sinoning ilm sohasidagi birinchi ustozi Abu Abdulloh Notiliy hisoblanadi.
4) Olimning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik mashhur tabib Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘lgan.
5) Ibn Sino 17 yoshlarida somoniy hukmdor Nuh ibn Mansurni davolab, saroy kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.
6) Zamondoshlari Abu Ali ibn Sinoni “Shayx ur-rais”, “Sharaf al-mulk”, “Hujjat al-Haq”, “Hakim al-vazir” nomlari bilan ulug‘lashgan.
7) Ibn Sino o‘z faoliyati davomida 450 dan ortiq asar yozgan. Ammo ularning 160 tasigina bizgacha yetib kelgan.
8) Olimning besh jilddan iborat “Al-qonun fit-tib” asari uzoq yillar Yevropa tibbiyotida ham asosiy qo‘llanma sifatida o‘qitilgan.
9) Ibn Sinoning 80 ta asari falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo‘lib, qolganlari mantiq, psixologiya, astronomiya, matematika, musiqa va boshqa fan sohalariga bag‘ishlangan.
10) Alloma badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. Uning fors tilida yozgan g‘azal va qit’alari, 40dan ortiq ruboiylari mavjud.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hOXUDyf6Hes" title="Ibn Sino gʻazal va ruboiylar ham yozganini bilasizmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA