Husanov va Rahmonaliyev Chempionlar ligasida kimlarga qarshi o‘ynaydi?
Yevropaning eng nufuzli musobaqasida o‘zbek futbolchilarini jiddiy sinovlar kutmoqda. 2026/27 yilgi Yevropa chempionlar ligasiga tashlangan qur’a natijasiga ko‘ra, vakillarimiz to‘p surayotgan klublar qaysi jamoalarga qarshi o‘ynaydi?
Monakoda 2026/27 yilgi Yevropa chempionlar ligasining umumiy bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qit’aning eng nufuzli klublar musobaqasining yangi mavsumida ikki nafar o‘zbek futbolchisi — «Manchester Siti» himoyachisi Abduqodir Husanov hamda «Sabah» yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev ishtirok etadi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Abduqodir Husanov to‘p suradigan «Manchester Siti» jamoasi «PSJ» (Fransiya), «Barselona» (Ispaniya), «Sporting» va «Portu» (Portugaliya), «Napoli» (Italiya), «RB Leypsig» (Germaniya), AEK (Gretsiya) hamda «Lans» (Fransiya) klublariga qarshi bahs olib boradi.
Umarali Rahmonaliyevning «Sabah» klubi esa «Barselona» (Ispaniya), «Arsenal» (Angliya), “Borussiya Dortmund” (Germaniya), «Manchester Yunayted» (Angliya), «Napoli» (Italiya), «Vilyarreal» (Ispaniya), «Slaviya» (Chexiya) va «Viking» (Norvegiya) jamoalari bilan kuch sinashadi.
2026/27 yilgi Chempionlar ligasining umumiy bosqichidagi uchrashuvlar 8-sentabrdan boshlanib, 2027-yil 27-yanvarga qadar davom etadi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, har bir klubning raqiblari quyidagicha shakllandi:
— «Real Madrid»: uyda «Inter», safarda «Arsenal», uyda PSV, safarda «Roma», uyda «Leypsig», safarda «Shaxtyor», uyda LASK, safarda AEK.
— «Manchester Siti»: uyda PSJ, safarda «Barselona», uyda «Sporting», safarda «Portu», uyda «Napoli», safarda «Leypsig», uyda AEK, safarda «Lans».
— «Inter»: uyda «Liverpul», safarda «Real Madrid», uyda «Bryugge», safarda «Borussiya Dortmund», uyda «Shaxtyor», safarda «Feyenoord», uyda «Shtutgart», safarda «Slovan Bratislava».
— «Barselona»: uyda «Manchester Siti», safarda PSJ, uyda «Aston Villa», safarda «Sporting», uyda «Feyenoord», safarda «Galatasaroy», uyda «Komo», safarda «Sabah».
— «Atletiko»: uyda «Bavariya Myunxen», safarda «Liverpul», uyda «Manchester Yunayted», safarda PSV, uyda «Fenerbaxche», safarda «Bude/Glimt», uyda «Viking», safarda «Shtutgart».
— «Liverpul»: uyda «Atletiko», safarda «Inter», uyda «Portu», safarda «Bryugge», uyda «Vilyarreal», safarda «Fenerbaxche», uyda «Lans», safarda LASK.
— «Arsenal»: uyda «Real Madrid», safarda «Bavariya Myunxen», uyda «Borussiya Dortmund», safarda «Real Betis», uyda «Lill», safarda «Napoli», uyda «Sabah», safarda «Slaviya Praga».
— «Bavariya Myunxen»: uyda «Arsenal», safarda «Atletiko», uyda «Real Betis», safarda «Manchester Yunayted», uyda «Bude/Glimt», safarda «Lill», uyda «Slaviya Praga», safarda «Viking».
— PSJ: uyda «Barselona», safarda «Manchester Siti», uyda «Roma», safarda «Aston Villa», uyda «Galatasaroy», safarda «Vilyarreal», uyda «Slovan Bratislava», safarda «Komo».
— «Borussiya Dortmund»: uyda «Inter», safarda «Arsenal», uyda «Real Betis», safarda «Aston Villa», uyda «Vilyarreal», safarda «Bude/Glimt», uyda AEK, safarda «Sabah».
— «Manchester Yunayted»: uyda «Bavariya Myunxen», safarda «Atletiko», uyda «Roma», safarda «Sporting», uyda «Leypsig», safarda «Vilyarreal», uyda «Sabah», safarda «Komo».
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA