Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tgan 2023-yil davomida 50 dan ortiq turdagi test sinovi tashkil etilib, unda 1,5 million nafardan ziyod talabgorning bilimi sinovdan o‘tkazilgan. Muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini aniqlash, rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash, chet tilini bilish darajasini aniqlash, va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, shuningdek, talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga ko‘chirish, akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari shular jumlasidandir.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur test sinovlarini o‘tkazish uchun 2023-yilning o‘zida 15 ta umumta’lim fanidan o‘zbek, rus, qoraqalpoq, shuningdek, qardosh va sharq tillarida 103 mingdan ziyod, 110 ta maxsus fandan 34 mingdan ziyod test topshirig‘i shakllantirilgan va ekspertizadan o‘tkazilgan.  

Qayd etilishicha, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari videokuzatuv kameralari va shaxsini identifikatsiya qilish qurilmalari bilan jihozlangan 72 ta katta sig‘imli binoda tashkil etilgan. Bir smenada 38 ming 220 nafar, bir kunda esa 76 ming 440 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi ta’minlangan.  

Bundan tashqari, akademik litseylarning 4,8 ming nafar bitiruvchisi va xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan 8 ta oliy ta’lim muassasasida o‘qish istagini bildirgan 12,3 mingga yaqin abituriyentning chet tilini bilish darajasi aniqlandi. Agentlik tomonidan berilayotgan ingliz tilidan milliy sertifikat Turkiyaning 4 ta universiteti tomonidan tan olinishiga erishildi.  

2024-yil fevral oyidan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblana boshlandi. Unga ko‘ra, talabgorlarga A+ dan C gacha bo‘lgan 6 xil darajadagi sertifikat berilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunda A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirishda ushbu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.  

Shuningdek, mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshirila boshlandi. Bunda ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undirilishi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanishi belgilandi.  

Barchaga ma’lumki, 2023-yildan boshlab OTMlarga kirish uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga huquqshunoslik fani ham kiritildi. Shu sababli Bilimni baholash agentligi tomonidan huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat tizimini joriy etish ustida ish olib borilmoqda. 2024-yil yakuniga qadar huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni tafsilotini ishlab chiqish va namunaviy test variantini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat tizimi joriy etiladi