FOTOREPORTAJ

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi sanaladi.

Hozirda akademiyaning kunduzgi ta’lim bakalavriatida 9 ta ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari ichki ishlar organlari uchun boshqaruv kadrlarini tayyorlash maqsadida magistratura hamda ta’limning sirtqi shakli mavjud.

Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida bir qator mutlaqo yangi mexanizmlar, jumladan, hududiy ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari rahbarlari ishtirokida onlayn master-klass mashg‘ulotlarini o‘tkazish, kursantlarning o‘quv tezkor-tergov guruhlari tarkibida Toshkent shahrida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha hodisa joyiga chiqqan holda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari va hududiy bo‘linmalarida bazaviy amaliyot o‘tashlari, shuningdek, “Muloqot” klubi, “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari hamda sayyor sud majlislari orqali kursantlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish yo‘lga qo‘yilgan.

[gallery-15820]

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga tashkil etilgan press-turda OAV vakillariga shular haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, ayni paytda ushbu ta’lim muassasasi 9 ta xalqaro tashkilot hamda o‘ttizga yaqin xorijiy turdosh oliy ta’lim dargohlari bilan ko‘p qirrali hamkorlik doirasida o‘zaro tajriba almashib kelmoqda. So‘nggi uch yilda yuzdan ziyod professor-o‘qituvchilar Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarda malaka oshirdi. Mazkur davrda akademiya kursantlari jahon, Osiyo va O‘zbekiston miqyosidagi musobaqalarda 56 oltin, 30 ta kumush, 40 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Iqtidorli kursantlardan 3 nafari MDHga a’zo davlatlarning turdosh oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan eng yaxshi ilmiy maqola xalqaro tanlovlarida faxrli birinchi va ikkinchi o‘rinlarni, yana 2 nafari “Ta’lim iftixori” ko‘krak nishoni hamda “Ilhom” mukofotiga loyiq topildi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda