Huquqiy savodxonlik davr talabi
O‘rta Chirchiq tuman adliya bo‘limi tomonidan Qurbon hayiti bayram munosabati bilan “Inson qadrini ulug‘lash – eng oliy saodat” shiori ostida “Adliya sayli” tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyat adliya boshqarmasi, tuman Adliya bo‘limi mas’ullari, nuroniylar jamiyati, tuman hokimligi xotin qizlar bo‘limi vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari, tuman madaniyat bo‘limi ijodkorlari va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar xodimlari qatnashdi.
Maqsad fuqarolarga bayram oldi ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan bir qatorda ularga huquqiy-amaliy yordam ko‘rsatish, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdir. Ushbu tadbirda 100 nafarga yaqin fuqarolar o‘zlarining turli mavzulardagi murojaatlarini bayon qildi.

Shundan 20 ga yaqin fuqaroning nikohlari qonuniy rasmiylashtirildi, 15 ga yaqin fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi va 30 ga yaqin fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 30 yaqin fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Ayrim murojaatlarni qayta o‘rganish uchun adliya bo‘limi o‘z ish yurituvga qabul qilib oldi. Ayniqsa, shar’iy yashayotgan ayrim fuqarolarning nikohi FHDYO organlarida qonun bilan rasmiylashtirildi.

– Tadbirda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftariga” kiritilgan fuqarolarning murojaatlari ham nazoratga olindi. Bu kabi sa’y-harakatlar orqali biz aholiga Adliya organlari hamisha ular bilan birga ekanini his etishlariga ko‘maklashamiz. Tashkilotmiz tomonidan o‘tgan 5 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 101 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan 70 tasi qanoatlantirilgan, 31 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan. Shuningdek, bo‘lim tomonidan tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Fuqarolik ishlar bo‘yicha O‘rta Chirchiq tumanlararo sudiga 17 ta da’vo arizalari kiritildi. Natijada Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi ta’minlandi, – deydi, O‘rta Chirchiq tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i Bahriddin Jo‘rayev.

Bu galgi Adliya saylida yoshlar va imkoniyati cheklangan shaxslarga qonunchilikda berilgan imtiyozlar, mehnat munosabatlari, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi. Aholining ma’naviy-madaniy dam olishiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan konsert dasturi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/6tPXauwYfOw?si=LCVyGlDDpwrZhh-B" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Musayev,O‘zA.