ID-kartada texnik nuqsonlar mavjud bo‘lgan taqdirda qanday almashtirib olsa bo‘ladi?

Ma’lumki, ID-kartalar 2021 yildan boshlab 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlar o‘rniga joriy etilib kelinmoqda. Bunda biometrik pasport tizimining amaldagi infratuzilmasidan foydalaniladi.

Xo‘sh, ID-karta O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qancha muddatga beriladi? ID-kartada texnik nuqsonlar mavjud bo‘lgan taqdirda qanday almashtirib olsa bo‘ladi? Bu kabi savollarga Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Muxriddin Shamsiddinov javob berdi. 

– “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi to‘g‘risida”gi Nizomiga ko‘ra, ID-karta ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan fuqarolarga quyidagi muddatlarga beriladi. Jumladan, yangi tug‘ilgan bolaga bir yoshgacha – ikki yil muddatga, ya’ni, ota-onalar yoki vasiylarning  ixtiyori bilan.

Bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga bunda ham ota-onalar, vasiylarning ixtiyoriga ko‘ra. Shuningdek, 16 yoshdan – 10 yil muddatga beriladi.

Deylik qoraqalpoq xalqiga ID-karta berilishi kerak, bunda kartani qaysi tilda rasmiylashtirib berishadi? 

ID-karta belgilangan namuna bo‘yicha lotin alifbosida o‘zbek tilida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun esa – ID-karta olish uchun murojaat qilgan fuqaroning xohishiga ko‘ra, lotin alifbosida qoraqalpoq yoki o‘zbek tillarida personallashtiriladi.

 ID-karta yo‘qolsa, uni qayta olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

 Quyidagi hollarda ID-karta fuqarolarga rasmiylashtirib beriladi. Jumladan, ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra – bola tug‘ilgandan boshlab 16 yoshga to‘lguniga qadar,  fuqaro 16 yoshga to‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinganda hamda ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

Shuningdek, fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda, ID-kartaga yoki chipga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar, xatolar va texnik nuqsonlar mavjudligi aniqlanganda, ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda, ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida hamda  ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda.

Demak, siz qayta ID-kartani yo‘qotib qo‘yish sababini ko‘rsatgan holda ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qilib, ID-kartangizni qayta rasmiylashtirishingiz mumkin.

Shuni yodda tutish kerakki, ID-karta baxtsiz yoki texnogen hodisalar va shunga o‘xshash belgilangan asoslar sodir bo‘lgan payti yo‘qotilgan holdagina javobgarlikka tortilmasdan ID-karta tegishli tartibda rasmiylashtirib beriladi.

16 yoshga to‘lgan fuqaroga ID-karta olish uchun qancha muddatda murojaat qilish kerak va qanday hujjatlar taqdim qilinadi?

– Fuqaro ID-kartasi amal qilish muddati tugaganda va tegishli yoshga to‘lgandan so‘ng yoki familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va millati o‘zgargandan so‘ng bir oy muddatda ID-karta olish uchun murojaat qilishi lozim.

Fuqaro ID-karta olish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi, xususan, belgilangan shakldagi ariza-anketa, ilgari berilgan pasport yoki ID-karta, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida) hamda davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

– ID-kartada texnik nuqsonlar mavjud bo‘lgan taqdirda qanday almashtirib olsa bo‘ladi?

– ID-karta rasmiylashtirish va berish jarayonida unda texnik nuqsonlar aniqlansa, basharti ular ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ID-karta bepul almashtiriladi.

– ID-karta topib olinganda kimga murojaat qilish lozim?

 Topib olingan ID-karta ichki ishlar organiga topshirilishi lozim.

Gulnoza Boboyeva,O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Huquqiy munosabat