Adliya vazirligi tashabbusi bilan Navoiy viloyati Navbahor tumani Beshrabot mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi keng qamrovda amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda mahallada 692 ta xonadonda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda mahallada loyiha doirasida yuzlab murojaatlarga yechim topilmoqda. Loyiha amalga oshirila boshlangan vaqtdan buyon aholi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi, yo‘l belgilari yangilandi, mahalla atrofi obodonlashtirildi, ichki yo‘llar tekislanib, qum-shag‘al yotqizildi.  

– Mahalla va tuman markaziga boradigan yo‘limiz ichki yo‘l hisoblanadi, – deydi Zokir Qo‘chqorov. – Yomg‘ir yoki qor yog‘sa yo‘llarimizda yurib bo‘lmaydi. Bolalarimiz bog‘cha va maktabga qatnashga qiynalardi. Mana endi yo‘llar tekislandi. Shag‘al tashlanib, asfalt yotqizishga tayyorlandi, atrofi obodonlashtirildi.  

Loyiha doirasida “mahalla yettiligi” hamkorligida fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganilib, bir qator masalalarga yechim topilmoqda. Jumladan, fuqarolarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, ularning huquqlariga oid muhim normalar xususida huquqiy tushuntirishlar berilib, aholini qiynayotgan muammolar bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganilmoqda.  

Mahfuza Xusenova oilasi bilan Navbahor tumanining Beshrabot mahallasida yashaydi. U artroz kasalligi tufayli ijtimoiy himoyaga olingan ayollardan biri. Dardman ayol 18 yildan buyon bu kasallik bilan kurashadi.  

Mahfuzaxon aslida tikuvchi, chevar. U dardni yengish va oilasiga ko‘mak berish uchun ham tikuvchilik kasbini tanlagan. Biroq o‘zida zamonaviy tikuv mashinasi yo‘q edi. “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida o‘tkazilgan o‘rganishlarda adliya xodimlariga tikuv mashinasi olishda yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Fuqaroning murojaati e’tiborsiz qoldirilmadi.  

– Menga tikuv mashinasi berishmasa kerak, bular ham yuqoridan topshiriq bo‘lganligi bois so‘radi-ketti, deb o‘ylagandim, – deydi M.Xusenova. – Tikuv mashinasini olib kelishganini ko‘rib xursand bo‘lib ketdim. Hozir foydalanib turgan mashinkam bir shogirdimniki edi. Birovning buyumi bo‘lganligi bois buzilib qolishidan qo‘rqib, avaylab ishlatardim. Endi o‘z tikuv mashinam bor.  

“Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘inida Mahfuza Xusenova singari faqatgina uyida hunari ortidan oilasiga daromad keltirayotgan xotin-qizlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shulardan biri Nafisa Jabborovadir. Uning ikki nafar yosh farzandi bor. Shu sababdan xonadonida tikuvchilik bilan shug‘ullanadi.  

– Yangi imorat tiklab, tikuv mashinasi olishga mablag‘imiz yetmagandi, – deydi N.Jabborova. – Adliya xodimlarining uyma-uy yurib aholining muammolarini o‘rganish jarayonida men ham murojaat qilgandim. Bugun tikuv mashinasi keltirib berishdi.  

Qolaversa, “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida “Onlayn mahalla” platformasi orqali telefondan murojaat qoldirish xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Har bir murojaat mutasaddilar tomonidan nazoratga olingan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Huquqiy mahalla” loyihasi – amalda