Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularga samarali yechim topish maqsadida "Huquqiy mahalla" loyihasini tashkil etildi.

Unga asosan yoshlar, ayollar hamda boshqa ijtimoiy guruhlarga kiritilgan aholi vakillarining muammolari uyma-uy yurilgan holda o‘rganilyapti. Bu esa, aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolarni aniqlash va ularga tezkor yechim topishda qo‘l kelmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Sayxunobod tumanidagi Turon mahallasi  aholisiga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida aholi vakillari o‘zlarining huquqiy muammolariga amaliy yechim topmoqda. Masalan, shu mahallada istiqomat qilayotgan "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan Salima Mamatovaning ishga kirish bilan bog‘liq muammosi bor edi. Bu muammo adliya tizimi xodimlari tomonidan aniqlanib, unga amaliy yordam ko‘rsatildi. U ishli bo‘ldi.

Ushbu loyiha doirasida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi ham tashkil etilib, unga asosan fuqarolar va ularning oila a’zolarini hujjatlar bilan ta’minlash, xususan, tug‘ilganlik, o‘lganlik va boshqa fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlaridagi xatoliklarni tuzatish borasida ish olib borilib, hujjatsiz fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Sayxunobod tumani Guliston mahallasida yashovchi Sh. Xolmo‘minovning 2007 yilda vafot etgan otasining o‘lim guvohnomasi elektron tizimda mavjud emasligi, tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuviga vafot etganlik belgisi qo‘yilmaganligi tufayli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda muammolarga duch kelinayotgani aniqlandi. Shundan keyin unga tuman FHDYO bo‘limi tomonidan eksterritorial tamoyil asosida xizmat ko‘rsatilib, muammo bartaraf etildi.

Shuningdek, Turon mahallasida yashovchi Svetlana Xon tug‘ilganlik haqida guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygan edi. Oilaviy sharoiti sabab hujjatga ehtiyoj sezib, tuman FHDYO bo‘limiga murojaat qildi. Uning murojaati qanoatlantirilib, Zangiota tumani FHDYO bo‘limi tomonidan eksterritorial tartibda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

Sirdaryo viloyatida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Huquqiy mahalla" loyihasi asosida o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularga tezkor yechimlar topishda muhim rol o‘ynamoqda. Davlat idoralari tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar aholining huquqiy xavfsizligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Huquqiy mahalla" loyihasi: aholining huquqiy muhofazasi ta’minlanmoqda