Huquqbuzarlar tovon to‘laydigan bo‘ldi
Buxoroda yettita huquqbuzarlik aniqlandi. Huquqbuzarlar jami 70 million so‘mga yaqin tovon to‘laydigan bo‘ldi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi davlat ekologik nazorat inspeksiyasi va hududiy bo‘linmalar xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan Buxoro viloyatining Jondor va Peshku tumanlarida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Natijada reydlar davomida 7 ta huquqbuzarlik holati ma’lum bo‘ldi. Xususan, 4 ta holatda saksovul o‘simligi noqonuniy tarzda kesib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi. 4 nafar huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Har bir huquqbuzarga BHMning besh barobari — 1 million 700 ming so‘mdan jarima, jami 6 million 800 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga jami 50 million 760 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblandi. Huquqbuzarlar belgilangan jarima hamda o‘zlariga tegishli zarar miqdorini to‘laydigan bo‘ldi.
Shu bilan birga, hududda ov qilish qoidalarini buzgan holatda noqonuniy qurol olib yurgan 3 nafar huquqbuzar aniqlandi. Ular ov qilishga ulgurmasdan qo‘lga olindi. Natijada ularga nisbatan MJtKning 90-moddasi 1-qismi bilan huquqbuzarlarning har biriga BHMning 10 barobari — 3 million 400 ming so‘mdan jarima belgilandi. Huquqbuzarlar jami 10 million 200 ming so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.