Poytaxtimizda “Craf fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili “O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Craf fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi tashkil etiladi.  

Bu yil uchinchi bor o‘tkazilayotgan “Craf fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Respublika "Hunarmand" uyushmasi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.  

Ushbu xalqaro yarmarkada respublikamizning barcha hududlaridan 100 nafardan ortiq mahalliy hamda Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston kabi mamlakatlardan 15 nafar hunarmand ishtirok etdi.  

Yarmarkada O‘zbekistonning turli hududlariga xos bo‘lgan kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi kabi hunarmandchilik yo‘nalishlari bo‘yicha mashhur hunarmand ustalar tomonidan mahorat darslari ham o‘tkazildi.    

Jumladan, usta kulol Mirzabahrom Abduvahobov, kashtachi Zuhra Oblaberdiyeva, sozgar Abdumalik Madraimov, zargar Tohir Muhamedovlar mahorat darslarini tomosha qilish bilan birga, ularda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.  

[gallery-20474]

Bu kabi tadbirlarda hunarmandlar o‘z mahsulotlarini sotibgina qolmay, ma’naviy ozuqa olib, madaniy hordiq chiqaradilar, o‘zaro tajriba almashadilar. Xorijiy mamlakatlardan kelgan hunarmandlar bilan do‘stlik va ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadilar.  

“Craf fair Uzbekistan” xalqaro yarmarkasi ham ana shunday an’anaga aylanib qoladigan ko‘rgazma-savdo bo‘lib qoladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari yurtimizga kelayotgan ko‘plab sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Mazkur yarmarkaning o‘tkazilishi ham avvalo hunarmandchilikda xalqaro savdoni rivojlantirishga qaratilgan.  

Shuningdek, yarmarkada taqdim etilayotgan mahsulotlar ichki bozorda ham o‘z xaridorlarini topadi.    

Bunday tadbirlarning tashkil etilishi hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlari savdosiga ko‘maklashish, yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga milliy hunarmandchiligimiz haqida ma’lumot berish, targ‘ib qilish, yoshlarga hunar o‘rgatishga xizmat qiladi.    

Gulnoza Boboyeva,  

Asliddin Alijonov(surat),  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasi o‘tkazildi