Hindistonning Chandigarx shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Fyuchers» turnirida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSH dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirning yakkalik bahslarida Humoyun Sultonov hindistonlik Manish Sureshkumarni 6:2, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada boshqa bir hindistonlik tennischi Xitesh Chauxan bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, tennischimiz juftlik bahslarida mezbonlar tennischisi Kabir Xans bilan tandem hosil qilib, ilk bosqichda neytral tennischi Ivan Denisov va hindistonlik Adil Kalyanpur duetini 6:3, 6:4 hisobida yengdi. Endi Humoyun va Kabir juftligi chorak finalda tailandlik Tanapet Chanta hamda Kazuma Kashachi bilan kuch sinashadi

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humoyun Sultonov Hindiston kortlarini titratmoqda