Humoyun Sultonov Germaniya turnirining 1/4 finalida o‘yin o‘tkazdi
Germaniyaning Marburg shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ITF tasnifidagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov yarim final ostonasiga yetib bordi.
Kecha o‘tkazilgan bahslar yakuniga ko‘ra, xalqaro turnirning 1/2 final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Musobaqada mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Humoyun Sultonov 1/4 finalda sloveniyalik Filip Jeff Planinsek bilan kuch sinashdi.
Ikki soatu 50 daqiqa davom etgan murosasiz va kuchli ruhiy bosim ostida o‘tgan o‘yinda Yevropa vakili 5/7, 6/2, 2/6 hisobida ustunlikka erishdi.
Aytish lozim, Humoyun Sultonov jahon professional tennischilar reytingida o‘zidan ancha balandda joylashgan raqibiga munosib qarshilik ko‘rsatgani, ikkita setning bittasida g‘alaba qozongani e’tiborli bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, H.Sultonov ayni paytda dunyo reytingida 603, turnirda sakkizinchi raqam ostida tasniflangan Planinsek esa 565-o‘rinni egallab turibdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA