Humoyun Sultonov chorak finalga yo‘l oldi
Belgiyada Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan M25 tasnifidagi turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov chorak finalga chiqdi.
Tennischimiz 1/8 final bosqichida mezbon tennischi Xarold Xuensga qarshi kortga chiqdi va har ikkala setni bir xil 6:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Endi Humoyun Sultonov chorak finalda norvegiyalik Viktor Durasovich bilan raqobatlashadi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tishimiz lozimki, musobaqaning juftlik bahslarida H.Sultonov germaniyalik Lukas Deliano bilan tandem hosil qildi va ushbu duet ilk davrada mag‘lubiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA