Humoyun Germaniyada ham vitse-chempionga aylandi
Germaniyaning Kassel shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda hamyurtimiz Humoyun Sultonov final uchrashuvda kortga tushdi.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov musobaqa yarim finalida belgiyalik Gote Onklinni 4:6, 6:3, 6:4 hisobida yengdi. Musobaqaning finalida yana bir belgiyalik tennischi Rafael Kollinon bilan raqobatlashdi.
Ushbu uchrashuvda tennischimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa, Humoyun Sultonov musobaqaning vitse-chempioniga aylandi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Humoyun Belgiyaning Bryussel shahrida tashkil etilgan M25 turnirida ham finalga qadar yetib borgan va vitse-chempion aylangan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA