Endi UnionPay karta egalari butun O‘zbekiston bo‘ylab HUMO terminallari va bankomatlari orqali tovar va xizmatlarga haq to‘lash, naqd pul yechib olish imkoniga ega bo‘ldi.

Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor UnionPay kartasidan to‘lovni qabul qilishni boshlash uchun bankka borishi shart emas, onlayn-yangilashdan so‘ng tezda terminal bu kartalar bilan ishlashga tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, to‘lov tizimi terminallari allaqachon MasterSard va VISA qartalarini ham qabul qilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida HUMO to‘lov tizimining 230 mingta terminali va to‘rt mingdan ziyod bankomatlari ishlamoqda.

UnionPay – Xitoy davlat kengashi va Xalq banki tomonidan 2002 yilda asos solingan Xitoy milliy to‘lov tizimidir. U 2005 yildan buyon xalqaro maqomga ega bo‘ldi. 200 dan ortiq moliya muassasalari uning aksiyadorlari hisoblanadi.

Roman BONDARCHUK, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Humo terminallari UnionPay kartalarini qabul qiladi