Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 15-sentabr kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi – O‘mon Sultonligi hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo-sanoat, sarmoya, bank-moliya, neft-gaz, kimyo sanoati, yengil sanoat, aviatashuv, sayyohlik, madaniyat, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, arxiv ishi sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik ko‘plab sohalarda izchil rivojlanib borayotganini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009-yil oktabr oyida O‘monga davlat tashrifi o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqdi, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Jumladan, savdo va iqtisodiy hamkorlik, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoyalash, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarni to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar imzolangan. Shuningdek, havo transporti qatnovi, neft-gaz, kimyo, qurilish, oliy ta’lim, sayyohlik, sarmoya kabi sohalarda izchil hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Transport-kommunikatsiya sohasi o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishidir. 2011-yilda O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon temir yo‘l koridorini ishga tushirish bo‘yicha bitim imzolangani bunga misol bo‘la oladi. Majlisda ushbu loyiha Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston bilan O‘mon o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

O‘mon delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial zonalaridagi imkoniyatlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish lozimligi ta’kidlandi.

Majlisda O‘zbekiston va O‘mon o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, keng ko‘lamli savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlandi. O‘mon ishbilarmon doiralarining O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhitga, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga qiziqishi ortib borayotgani qayd etildi.

– O‘zbekiston va O‘mon o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan salohiyatga ega, – dedi O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi, komissiya hamraisi Said Badr bin Hamad al-Busaidiy. – Mazkur komissiya majlisi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada faollashtirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etish uchun qulay imkoniyatdir. O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-O‘mon temir yo‘l koridorining ishga tushirilishi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni barcha sohalarda yanada mustahkamlash niyatidamiz.

Majlisda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi. Savdo, sarmoya, bank-moliya, transport va transport kommunikatsiyalari, fan va madaniyat, logistika, sayyohlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish, O‘mon kompaniyalarini yurtimizdagi xususiylashtirish jarayoniga keng jalb etish, qo‘shma korxonalarni, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish, birgalikda o‘zaro foydali loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘mon delegatsiyasi a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida ham muzokara o‘tkazdi.

Mehmonlar “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hukumatlararo komissiya majlisi