Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali yuk avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar terminal hududida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, dastlabki hisoblarga ko‘ra qiymati 366 million so‘mlik 3 xil turdagi 408 o‘ramda matolar borligi aniqlandi.  

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlarda ko‘rsatilmagan matolar fosh etildi