Sirdaryo viloyatining jami yer maydoni 419 ming 674 gektarni tashkil etadi. Jumladan, qishloq xo‘jaligi 301,17 ming gektar, sanoat, transport, mudofaa 1,4 ming gektar, o‘rmon fondi 8,3 ming gektar, suv fondi 12 ming hamda zaxira yerlar 16,13 ming gektardir. Jami yer maydonidan 339,1 ming gektarining «Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi»da elektron xaritasi yaratilib, kadastr axborot tizimiga kiritildi.

Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining o‘tgan yil yakunlari sarhisobi va bu yilgi rejalarga bag‘ishlangan tadbirda ma’lum qilindi.

Boshqarma boshlig‘i Burhon Minasipovning ta’kidlashicha, tadbirkorlik faoliyati uchun ajratilgan 4 268 ta 326,1 gektar yer uchastkasi “Yerelektron” AAT tizimiga kiritildi. Kiritilgan bo‘sh yer uchastkalaridan 2 232 tasi 136,3 gektari e-auksion.uz orqali mulk va ijara huquqi asosida savdoga chiqarildi. Shundan 426 tasi 38,5 gektarli yer maydonlari 6 mlrd. 329 mln. 600 ming so‘mga sotildi. Kadastr ma’lumotlar bazasi 26 ta davlat tashkiloti va boshqa idoralar bilan integratsiya qilingan.

Ko‘chmas mulk bazasidagi ob’ektlar soni 2022 yilda 221 243 tani tashkil etgan. Yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali kadastr pasportini shakllantirish masalasida jami 25 472 ta ariza kelib tushgan va shundan 18 441 ta ariza ijobiy yakunlangan.

2022 yil davomida Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP orqali ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalasida jami 29 533 ta ariza kelib tushgan, shundan 22 507 tasi ijobiy hal etilgan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda ko‘p qavatli uylar soni 2021 yilga nisbatan 172 taga oshib, bugungi kunda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘p qavatli uylar soni 2 110 tani tashkil etadi. Ko‘p qavatli uydagi xonadon (kvartiralar) 36 661 tadir.

Bundan tashqari Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasining hududiy filiallari tomonidan viloyatdagi jami 221 243 ta ob’ekt hujjatlari kadastrning yagona elektron arxivi bazasiga kiritilib, hujjatlar elektron ko‘rinishga o‘tkazildi.

Sh.Suyarov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hujjatlar elektronlashtirilmoqda