Hufar – kuz ranglari jilolangan maskan
Kuz fasli toğli hududlarga özgaça tarovat bağişlaydi. Tillarang tusga kirgan daraxtlar, toğlar bağridan oqayotgan zilol suvlar va musaffo havo tabiatning maftunkor manzarasini hosil qiladi. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi Hufar qişloği ayni kunlarda ana şunday gözallikka burkangan.
Toğlar qöynida joylaşgan qişloq özining sölim tabiati, osoyişta muhiti va betakror manzaralari bilan ajralib turadi. Atrofni örab turgan toğ yonbağirlarida kuzning turfa ranglari jilolanib, hududga özgaça fayz bağişlamoqda.
Bir tomonda sarğaygan daraxtlar, boşqa tomonda qad rostlagan toğlar, ular orasidan şildirab oqayotgan zilol suvlar öziga xos tabiiy manzara hosil qilgan. Toğlardan esayotgan salqin şabada va atrofdagi sokinlik bu maskanning jozibasini yanada oşiradi.
[gallery-32421]
Hufar qişloği özining tabiiy gözalligi va osoyişta muhiti bilan tabiat qöynida hordiq çiqarişni istaganlar uçun ham diqqatga sazovor maskanlardan biridir.
Jonibek QÖZIMURODOV (surat), ÖzA