Yurtimiz hududlarida Yoshlar texnoparklari hamda boshqa bir qator innovatsion infratuzilmalar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xususan, 2022 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent va Navoiy viloyatlarida umumiy qiymati 42,8 milliard so‘m bo‘lgan 6 ta Yoshlar texnoparklari binolari barpo etildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy qiymati 8,9 milliard so‘mlik Nukus yoshlar texnoparki faoliyat olib bormoqda. Joriy yil avgust oyidan boshlab ushbu texnopark tomonidan 132 nafar yoshlar qamrab olingan bo‘lib, ular o‘z g‘oyalari va startap loyihalari ustida ish olib boryapti. Qolaversa, innovatsion infratuzilmalar miqyosida startap loyihalar tanloviga Nukus yoshlar texnoparki tomonidan 6 ta startap loyihalari topshirilgan.

Sirdaryo viloyatida esa umumiy qiymati 7,8 milliard so‘mlik Sirdaryo yoshlar texnoparki binosida qurilish ishlari yakunlanib, «Sirdaryo viloyati Yoshlar texnoparki» MCHJ tashkil etilgan. Ushbu binoda 12 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

Texnopark qoshida “Consulting park” dasturi yo‘lga qo‘yilib, bunda xorijda o‘qishga qiziquvchi hamda intiluvchi yoshlar uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Shu bilan birga, texnoparkda «Raqamli tuproq tahlili» bo‘limi ham tashkil etildi. Unga ko‘ra, dala ekin maydonlarida tuproq analizi olish hamda ularning tarkibini raqamli dastur asosida o‘rgangan holda agrotexnik tadbir rejasi ishlab chiqiladi. Yakunda hosildorlikni 15 foizgacha oshirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, texnoparkda o‘quvchi yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda zamonaviy kasblarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda robotatexnika, mexatronika, grafik dizayn, web dasturlash va kompyuter savodxonligi kurslari yo‘lga qo‘yildi.

Navoiy viloyatida esa umumiy qiymati 8,6 milliard so‘mlik Yoshlar texnoparki binosi qurilish ishlari yakunlangan va zarur asbob-uskunalari bilan jihozlanish arafasida. Texnoparkda 8 nafar iqtidorli yoshlar jalb qilingan va joriy yil avgust oyidan boshlab mahalliy byudjet hisobidan oylik maoshi olyapti.

Andijon viloyatida umumiy qiymati 6,6 milliard so‘mlik Andijon yoshlar texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yildi. bugungi kunda mazkur texnoparkda ilmiy va innovatsion faoliyatga 120 nafar yoshlar jalb qilingan.

Umumiy qiymati 8,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga tashkil etilgan Samarqand yoshlar texnoparkining ham qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.

Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkida 50 nafar yoshlarga akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Ular orasidan umumiy qiymati 910 million so‘m bo‘lgan 3 ta startap loyiha shakllantirilgan. Joriy yilda ilmiy va innovatsion faoliyatga 72 nafar yosh jalb qilingan.

Ushbu ma’lumotlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament so‘roviga Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonovning javobida keltirilgan. Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar «Hududlarda Yoshlar texnoparklarini yanada rivojlantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi masala yuzasidan yuborilgan parlament so‘roviga berilgan javob, unda qayd etilgan ma’lumotlarni atroflicha muhokama qildilar.

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlardagi Yoshlar texnoparklari faoliyati qay darajada samarali yo‘lga qo‘yilgan? — vazir javob berdi