Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda vegetatsiya davri uchun suv manbalarining suvlilik darajasidan kelib chiqqan holda hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlangan. Xususan, joriy yil sug‘orish mavsumi uchun manbalardan jami 32,4 milliard kub metr, shundan qishloq xo‘jaligi ekinlariga 29,1 milliard kub metr suv olish limiti belgilangan.

Qayd etilishicha, joriy yil sug‘orish mavsumida Qashqadaryo havzasida 65-75 foiz, Surxondaryo, Qoradaryo, Ohangaron va Chirchiqda 70-80 foiz, Zarafshon va Farg‘ona vodiysi shimolidagi daryolarda 75-85 foiz, Vaxsh va Norin daryolarida 90-100 foiz, Farg‘ona vodiysi janubidagi daryolarda 95-105 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Shuningdek, respublika bo‘yicha 253,4 ming gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan. Ushbu texnologiyalarni joriy qilish orqali mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yiladi hamda sug‘orish mavsumi davomida 2,5 milliard m3 suv iqtisod qilish belgilangan.

Respublika bo‘yicha 2025 yilda 500 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan.

Bu ma’lumotlar AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ma’lum qilindi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari tasdiqlab berilgan