Jizzax shahrida o‘z ishini boshlagan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida respublikamizning barcha viloyatlaridan hamda tegishli tarmoqlardan 150 dan ortiq korxona, 800 ga yaqin tadbirkor salkam 4 ming turga yaqin mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarkaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Jizzax viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi  yangi biznes imkoniyatlari va hamkorlikni kengaytirish uchun eng qulay maydon ekanini ta’kidladi.

Yarmarka doirasida avtomobilsozlik, qurilish materiallari, to‘qimachilik, kimyo va elektrotexnika sohalaridagi tarmoq va hududiy korxonalar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, kichik biznes subektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratishga katta e’tibor qaratilganini ta’kidlab o‘tish lozim.  

[gallery-22238]

Jizzax viloyatida mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda importni optimallashtirish borasida jiddiy ishlar olib borilmoqda. 2024 yilda viloyatda 26 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va aholi jon boshiga 17 million so‘mdan to‘g‘ri keldi. Joriy yilning birinchi choragida esa 5 trillion so‘mdan ziyod sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda.  

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2025 yil yakuniga qadar 62 turdagi 4 trillion 300 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.  

Jizzax viloyatining asosiy rivojlangan sohalari avtomobilsozlik, paxtani qayta ishlash, yengil sanoat, qurilish materiallari va elektrotexnika sanoatlari bo‘lib, ushbu yarmarkada ham bu yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.  

Yarmarka sanoat sub’ektlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi