Hududiy dasturlar farovonlikka xizmat qilmoqda
Farg‘ona viloyatida 2015-yilda maqsadli dasturlar doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida 3 ming 881 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. Bu 584 milliard so‘mlikdan ziyod investitsiyalarni o‘zlashtirish va 23 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.
Farg‘ona viloyatida 2015-yilda maqsadli dasturlar doirasida sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida 3 ming 881 istiqbolli loyiha amalga oshirildi. Bu 584 milliard so‘mlikdan ziyod investitsiyalarni o‘zlashtirish va 23 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish imkonini berdi.Beshariq tumanida o‘tgan tadbirkorlar uchrashuvida ana shunday hududiy dasturlar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida hududlar obodligi va aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Farg‘ona viloyatida joriy yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni yanada kengaytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan maqsadli dasturlar ishlab chiqilib, ijrosi to‘liq ta’minlanmoqda. Keyingi yillarda shahar va tumanlarda ham hudud imkoniyatidan kelib chiqib, istiqbolli dasturlar hayotga tatbiq etilmoqda.
Beshariq tumanida ham joriy yilda transport, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minotini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2016-yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, tuman tibbiyot birlashmasida mukammal ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, zamonaviy sport zallari qurish rejalashtirilgan.
Sanoat salohiyatini oshirish dasturiga ko‘ra, bu yil tumanda 25 loyihani amalga oshirish, 3 yirik va 71 kichik sanoat korxonasida ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hisobidan qariyb 20 milliard so‘mlik qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilishi ko‘zda tutilayotgan kichik sanoat zonasida yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida 7 loyiha amalga oshirilib, 150 yangi ish o‘rni yaratiladi.
Qishloq xo‘jaligi sohasida istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali 286 bosh qoramol, 40 ming parranda, 62 gektar maydonda baliqchilik, 381 uya asalari oilalari tashkil etiladi. Bu borada belgilangan tadbirlar rejasiga muvofiq, 46,2 ming xonadonga biriktirilgan 2,9 ming gektar tomorqada kundalik ehtiyoj mahsulotlari yetishtiriladi.
Shu tariqa joriy yilda hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 28,3 million dollar miqdorida, shundan 27,6 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksporti amalga oshiriladi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev so‘zga chiqdi.