Davlat fuqarolik xizmati sohasida kadrlar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan respublikamizda o‘xshashi bo‘lmagan axborot tizimlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etib kelinmoqda.

Agentlik axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova shu haqda batafsil ma’lumot berdi: 

– Xususan, “hrm.argos.uz” elektron platformasi to‘liq takomillashtirildi. Bugungi kunga qadar 6 mingdan ziyod tashkilot ushbu platformaga ulandi hamda 1,2 millionga yaqin xodimning ma’lumotlari raqamlashtirildi.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq barcha tashkilotlardagi xodimlar bilan ishlash (HR) bo‘linmalari faoliyatini baholovchi (HR-metrika) tizim joriy etildi.

Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlari yagona ochiq portali “vacancy.argos.uz”ning yangi tahriri ishlab chiqildi. Unda davlat fuqarolik xizmatchilari uchun vakant lavozimlarga ariza topshirish jarayonini mobil qurilmalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Bundan tashqari, nomzodlar uchun “demotest.argos.uz” tizimi joriy etildi. Test jarayonining shaffofligini oshirish va nazoratni kuchaytirish maqsadida “vacancy.argos.uz” platformasi orqali barcha hududiy filiallardagi nomzodlarning test topshirish jarayonini real vaqt rejimida onlayn kuzatish imkoniyati joriy etildi.

Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan Yagona onlayn masofaviy ta’lim platformasi “edu.argos.uz” takomillashtirildi.

Agentlik va “Kiberxavfsizlik markazi” o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida “Davlat fuqarolik xizmatchilarining raqamli gigiyenasi” nomli qo‘llanma ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanma davlat idoralari va tashkilotlarga taqdim etildi.

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida Agentlik faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun xalqaro ekspert jalb qilindi. Agentlik tomonidan ekspert hamkorligida Big Data, BI, AI texnologiyalarini davlat fuqarolik xizmati sohasiga joriy etish orqali ma’lumotlarni yig‘ish, tayyorlash, samarali tahlil qilish kabi vazifalarni avtomatlashtirish ishlari olib borilmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“hrm.argos.uz” elektron platformasida 1,2 millionga yaqin davlat xizmatchisiga oid ma’lumotlar raqamlashtirildi