Yangi kitob

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston” nashriyotida chop etilgan yangi kitobi shunday deb nomlanadi. 

O‘zbekistonning bugungi yangi qiyofasi, mamlakatimizning jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni va mavqei, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faol ishtiroki, dolzarb masalalar bo‘yicha ilgari surayotgan ko‘plab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar, aniq fikr-mulohazalar asosida teran yoritib berilgan.

Muallifning ko‘p yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli bo‘lgan kitob quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi:

“Tarix sinovlaridan o‘tgan haqiqat shuki, o‘zini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir.

Bunday xalq, hech shubhasiz, hayotni ham, ijtimoiy muhitni ham o‘zgartira oladi, ko‘zlagan murod-maqsadlariga albatta erishadi.

Men ana shunday ulug‘ e’tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo‘lib, odamlarni hayotdan rozi qilish, ularning qalbidagi ezgu orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida xizmat qilishni o‘zim uchun ulkan sharaf va mas’uliyat deb bilaman”.

Darhaqiqat, Prezident Shavkat Mirziyoyev serqirra faoliyatining ma’no-mazmuniga aylangan, keyingi yetti yil davomida mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning markazida bo‘lib kelayotgan milliy mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, odamlarni hayotdan rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu tushunchalar mazkur kitobning bosh g‘oyasi, asosiy leytmotivini tashkil etadi.

Hech shubhasiz, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan, Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasining tub maqsadi va negizida mujassam bo‘lgan g‘oya va intilishlar bugungi kunda mard va olijanob xalqimizning fidokorona mehnati, aql-zakovati bilan real voqelikka aylanib bormoqda. Kitobni mutolaa qilish jarayonida bu haqiqatni yanada chuqur his etamiz va mana shunday tarixiy o‘zgarishlar davrida bu ulug‘vor o‘zgarishlarning nafaqat guvohi, balki faol ishtirokchisi bo‘lib yashayotganimizdan albatta faxrlanamiz.

Jami 6 bobdan iborat kitobning “Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yo‘li” deb nomlangan dastlabki bobida muallif o‘quvchi e’tiborini hozirgi zamondagi asosiy xavf-xatarlarga qaratadi. Bu tahdidlarni keltirib chiqargan omillarni atroflicha tahlil etib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq amaliy yechimlarni taklif etadi.

Asarning “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat” deb nomlangan ikkinchi bobi mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan ishlar va ularning natijalari tahliliga bag‘ishlangan. Muallif ta’lim, tarbiya, ilm-fan va madaniyat, aholini ijtimoiy himoya qilish, xususan, kambag‘allikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bugungi kunda O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish, uning huquq va erkinliklari, hayotiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan muhim islohotlarning ajralmas bir qismiga aylanib, aniq samara berayotganini hayotiy misollar orqali ko‘rsatib beradi. 

“Mening eng katta niyatim – mamlakatimizda kambag‘allik va ishsizlikka butunlay barham berishdir, – deb yozadi Prezidentimiz.Shunday kunlar kelishiga ishonchim komil va buning uchun bor kuch va imkoniyatlarimni, borlig‘imni bag‘ishlashga tayyorman”.

Albatta, tarixan qisqa muddatda mamlakatimizda izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiy rivojlanishga erishish asosida xalqimizning turmush darajasi va sifatini yaxshilash bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, soliq, bank-moliya tizimidagi yangilanishlar, jumladan, valyuta bozorining erkinlashtirilgani, naqd pul bilan bog‘liq muammolarning bartaraf etilgani, xalqaro moliya operatsiyalarining jahon andozalari asosida amalga oshirilayotgani, yangi-yangi innovatsion, yuqori texnologik korxonalar barpo etilayotgani, zamonaviy kommunikatsiya tizimlari, raqamli texnologiyalar hayotimizga jadal kirib kelayotgani, tadbirkorlik uchun keng yo‘l ochilayotganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. 

Asarning “Yangi O‘zbekiston: barqaror iqtisodiy taraqqiyot” nomli uchinchi bobida aynan shu yo‘nalishdagi islohotlarga alohida urg‘u berilib, bu borada erishilgan natijalar sarhisob qilinadi, yaqin istiqbolda qanday iqtisodiy reja va strategik maqsadlar oldimizda turgani, ularni amalga oshirish uchun nimalar qilish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Bu masalalar “Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash”, “Tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish”, “Sanoatni jadal rivojlantirish istiqbollari”, “Yangi O‘zbekiston – raqamli iqtisodiyot sari”, “Agrar sohani rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash”, “Yangi O‘zbekiston: barqaror va yashovchan turizm”, “Yashil energetika” – barqaror taraqqiyot garovi”, “Kuchli hududlar – kuchli O‘zbekiston demakdir” kabi mavzular orqali atroflicha ochib beriladi. 

Xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida Yangi O‘zbekiston me’mori sifatida e’tirof etilayotgan Prezidentimizning ushbu kitobidagi “Sayyoramiz va Yangi O‘zbekiston ekologik tahdidlar qarshisida” deb nomlangan to‘rtinchi bob ham diqqatga sazovordir. Muallif unda “hozirgi davrda jahon miqyosida uchta inqiroz, ya’ni, iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillikning qisqarishi va atrof-muhit ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayishi shiddat bilan davom etayotgani” haqida jiddiy tashvish va hayajon bilan fikr yuritadi, jahon hamjamiyatini ushbu tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga da’vat etadi. 

Masalan, suv muammosi O‘zbekiston oldida turgan eng dolzarb masalalardan biridir. Shavkat Mirziyoyev bu borada mavjud vaziyatni tubdan isloh qilish, Yaratganning bebaho ne’mati bo‘lgan suv resurslarini tejash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan, tizimli chora-tadbirlarni shu sohani yaqindan biladigan yetuk mutaxassis sifatida birma-bir qayd etib, transchegaraviy daryolar suvidan xalqaro qonunchilik asosida foydalanish, bu borada qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tadi. 

Mazkur bobdan o‘rin olgan “Orol fojiasi – umumbashariy fojia”, “Maqsadimiz – aholining qulay ekologik muhitda yashash huquqini ta’minlash”, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – ekologik vaziyatni barqarorlashtirish garovi”, “Iqlim muammolari – barqaror rivojlanish yo‘lidagi eng katta tahdid” singari mavzular tahlil qilingan muhim fikr va mulohazalar sog‘lom fikrli hech bir insonni befarq qoldirmaydi. 

Ma’lumki, Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatida ish boshlagan ilk kunlardan boshlab “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq bizdan rozi bo‘lsa, Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi”, degan olijanob g‘oya va maqsadlarni ilgari surib, O‘zbekistondagi katta-kichik barcha rahbarlardan o‘z faoliyatini aynan shu mezonlar asosida olib borishni talab etdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yuz bergan tub o‘zgarish va yangilanishlar, yurtdoshlarimiz hayotidagi ijobiy natijalar ana shunday xalqparvar siyosat samarasidir.

Asarning “Xalq xizmatidagi davlat – el-yurt uchun ulug‘ saodat” deb nomlangan yana bir muhim bobida sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat idoralari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati, korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari haqida atroflicha so‘z yuritiladi. 

Barchamizga ayonki, O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasida mamlakatimizning tinchliksevarlik va taraqqiyparvarlikka asoslangan tashqi siyosati quyidagi eng muhim tamoyillar bilan mustahkamlab qo‘yilgan:

“O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi”. 

Ushbu konstitutsiyaviy norma Yangi O‘zbekiston siyosatida o‘zining to‘liq amaliy ifodasini topmoqda. Bugungi kunda respublikamiz dunyoga keng ochilib, jahondagi barcha tinchliksevar davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaat asosida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini faol olib borayotgan mamlakatga aylandi. 

Yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish haqli ravishda e’tirof etganidek, mintaqamizda integratsiya jarayonlarini kuchaytirish, “Markaziy Osiyo ruhi”ni shakllantirishda Yangi O‘zbekistonning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Bugun bu haqiqatni dunyo hamjamiyati tan olmoqda.

Kitobning “Yangi O‘zbekiston – xavfsiz va tinchliksevar davlat” deb nomlangan so‘nggi bobida “Yangi O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati” va umuman, bugungi siyosiy va ijtimoiy qiyofasi qanday bo‘lishi kerakligi “Yangi O‘zbekistonning o‘zaro ishonch va hamkorlikka asoslangan iqtisodiy diplomatiyasi”, “O‘zbekistonning yangi siyosati vektorlari: vatandoshlar bilan hamkorlik va migrantlarning huquqlarini himoya qilish”, “Harbiy-jangovar qudrat va yuksak ma’naviy salohiyat – O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchi”, qo‘shni Afg‘oniston bilan munosabatlar istiqboli “Bizga tinch va barqaror, o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ochiq Afg‘oniston kerak” kabi mavzular tahlili orqali batafsil yoritib berilgan.

Xulosa qilib aytganda, “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” kitobida mamlakatimizning bugungi taraqqiyot sur’atlari, uning jahon maydonidagi tobora ortib borayotgan obro‘-e’tibori va nufuzi, olis va yaqin istiqbolga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari qanday mustahkam poydevorga asoslanishi, qanday omillar hisobidan ta’minlanayotgani har tomonlama chuqur tahlil qilingan. O‘zbekistondagi ko‘pqirrali siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, mamlakatimiz va jahon hamjamiyati o‘rtasidagi munosabatlarning biron-bir yo‘nalishi muallif e’tiboridan chetda qolmagan.

Hozirgi zamonning shiddatli va ziddiyatli taraqqiyot tamoyillarini murakkab va tahlikali davr nuqtai nazaridan tushunish, bugungi tinch va farovon hayotimizning qadriga yetish, kelajakka katta ishonch bilan qarab, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonlarida ongli va bunyodkor fuqaro sifatida munosib ishtirok etishda, yangi vatanparvar avlodni tarbiyalashda ushbu asarning ahamiyati beqiyosdir. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston”