Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bojxona qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish holatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida qayd etilishicha, joriy yilda bojxona organlari tomonidan davlat byudjetiga bojxona to‘lovlarini undirish 2022 yilga nisbatan 27 foiz o‘sgan. Hozirda “Xavfni boshqarish” tizimi orqali eksportda 88 foiz, importda 78 foiz tovarlar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda. 2023 yilda sifatli nazorat tizimini o‘rnatish va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 12 ta axborot tizimi, 4 ta interaktiv xizmat, 5 ta mobil ilova, 18 ta axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi, bojxona postlari 2 ming 475 ta zamonaviy nazorat-texnika va kommunikatsiya vositalari bilan jihozlandi.  

Xavf darajasi past bo‘lgan 145 mingdan ortiq eksport bojxona deklaratsiyalarini axborot tizimlari yordamida inson omilisiz o‘rtacha 3-5 daqiqada rasmiylashtirishga erishildi. Natijada hozirda eksportda 86 foiz deklaratsiyalar avtomatik rasmiylashtirilmoqda.  

Yaqinda foydalanishga topshirilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi orqali deklaratsiyalash 100 foiz masofaviy tarzga o‘tkazildi. Bunda tovarlarning logistika zanjiridagi harakati to‘liq nazoratga olinib, rasmiylashtiruv vaqti 2 barobarga qisqardi. Ushbu majmuada Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklaratsiyalash posti, “Call-markaz”, Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasi faoliyat yuritmoqda.  

Jumladan, Markazlashtirilgan masofaviy elektron deklaratsiyalash postida 116 nafar bojxona xodimi tomonidan tadbirkorlar bilan bevosita muloqoti cheklangan holda tovarlar masofaviy rasmiylashtirilmoqda. Ushbu bojxona postida respublika bo‘yicha rasmiylashtirilayotgan jami deklaratsiyalarning 50 foizi (kuniga 3 mingta) qamrab olingan. Natijada tovarlar rasmiylashtiruvida yagona yondashuvga erishish orqali tadbirkorlar xarajatini yanada qisqartirishga erishilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining eng so‘nggi zamonaviy shart-sharoitlar bilan ta’minlangan “Call-markazi” esa bojxona organlarida murojaatlar bilan ishlash sifatini tubdan yaxshilab, bir kunda 600 dan ortiq murojaatni kunu-tun qabul qilish va muammoli holatlarni tezkor hal etishga xizmat qilmoqda. Targetlash va xavflarni monitoring qilish boshqarmasidagi axborot tizimlarining Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston davlatlarining bojxona xizmatlari bilan tunu-kun o‘zaro tezkor ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.  

Joriy yilning 11 oyida rasmiylashtirilgan jami 1 millionga yaqin deklaratsiyalarning barchasi Xavflarni boshqarish tizimi orqali qayta ishlanib, xavf aniqlangan 60 mingga yaqin deklaratsiyalar bo‘yicha byudjetga 80 million dollardan ortiq ekvivalentidagi qo‘shimcha to‘lovlar undirilgan. Joriy yilgi Davlat dasturi ijrosi doirasida Bojxona qo‘mitasi tomonidan eksport jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan «Eksport uch qadamda» tizimi joriy qilindi. Shu vaqtga qadar mahsulotlarni eksport qilishda tovarlar respublikamizdan chiqib ketgunga qadar 9 ta bosqichda amalga oshirilar edi. Endi esa ushbu bosqichlar 3 barobarga qisqarmoqda. Ya’ni, eksport uch qadamda amalga oshiriladi.  

Ushbu tizimning joriy etilishi natijasida respublika bo‘yicha tadbirkorlarning 74-75 milliard so‘m mablag‘i tejaladi, eksport uchun sarflanayotgan vaqt qisqaradi, soxta eksport operatsiyalarining oldi olinadi. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida “bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga jami 684 million dollarga teng tovarlar joylashtirilib, 695 million dollarlik tovarlar eksport qilindi.  Ushbu rejimdan foydalangan tadbirkorlar soni 60 foizga, qayta ishlangan tovarlar eksporti 2,2 barobarga oshdi.  

2023 yilda kontrabanda va bojxona qonunbuzilishlari yo‘nalishida 21 mingga yaqin qonunbuzilish holatlari bo‘yicha salkam 1 trillion so‘mdan ziyod tovarlarning noqonuniy harakati oldi olindi.  

Bundan tashqari, 9,5 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, 700 ming donadan ortiq psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar, 20 donadan ortiq taqiqlangan mazmundagi materiallar, 100 milliard so‘mga yaqin tamaki mahsulotlari, 25 milliard so‘m ekvivalentidagi valyuta qimmatliklarining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.  

So‘nggi yillarda 53 ta chegara bojxona posti sharoitlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 4 ta asosiy chegara bojxona postlari rekonstruksiya qilindi. Qozog‘iston bilan chegaradagi asosiy transport arteriyalarida joylashgan 3 ta chegara nazorat-o‘tkazish punktini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Yuqori trafik oqimiga ega bo‘lgan chegara o‘tkazish punktlarining sig‘imini yanada oshirish uchun davlat-xususiy sheriklik asosida Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlat chegaralarida yirik nazorat punktlariga yaqin joylarda zamonaviy terminallar qurib foydalanishga topshirilmoqda.  

Mazkur terminallar omborxona, logistika va boshqa turdagi xizmatlarni taqdim etadi. Bojxona rasmiylashtiruvi tartibotlarini terminallarga ko‘chirish orqali chegara punktlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2 barobarga oshdi. Chegara bojxona postlariga 4 ta so‘nggi rusumdagi Rapiscan “Z-Portal” inspeksion ko‘rik majmualari o‘rnatildi. Oldingi qurilmalar soatiga 20 tadan ortiq bo‘lmagan avtomobillarni tekshirish imkonini berar edi. Endilikda samaradorlik soatiga 200 tagacha oshdi.  

Axborot tizimlarini tarozilar, katta o‘lchamdagi skanerlar hamda transport vositalarining davlat raqamlarini avtomatik aniqlash tizimlari va boshqa qurilmalar bilan integratsiya qilinishi orqali bojxona xodimlarining ish jarayonlari yanada optimallashtirildi. Chegaradagi barcha idoralarning yagona axborot tizimida ishlashi uchun imkoniyat yaratildi. Ushbu tizim ma’lumotlarni bosqichma-bosqich qulay tarzda kiritish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bu haydovchiga bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali to‘ldirish imkonini beradi. Chegarada to‘lovlarni yagona hisob-faktura asosida to‘lash (har bir nazorat organiga alohida to‘lanadigan to‘lovlar bundan mustasno) tartibi joriy etildi.  

Bojxona ko‘rigi va ko‘zdan kechiruvi jarayonlariga zamonaviy planshetlardan foydalanish amaliyoti joriy etildi. Bojxona qo‘mitasi dasturchilari tomonidan amaldagi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilishi natijasida 2,7 million dollar mablag‘ iqtisod qilindi.  

Olib borilgan ishlar natijasida bojxona rasmiylashtiruvi vaqti 4,5 barobarga qisqardi, bojxona teshkiruvlari soni 3 barobarga kamaydi. Tovarlarni saqlash va jarayonlarni kutish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 10 million dollarga qisqardi, bojxona to‘lovlari tushumi 3 barobarga ortib, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash hajmi 4 barobarga oshdi.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hozirda eksportda 86 foiz deklaratsiyalar avtomatik rasmiylashtirilmoqda