O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 21-fevral kuni Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 7-Samarqand okrug saylov komissiyasining raisi Ya.Allayorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili K.Isabekov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov saylovchilarga o‘z saylovoldi dasturida ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berdi.

15.JPG

Dasturda ijtimoiy sheriklik institutlarini yanada rivojlantirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishning sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati, dori-darmon vositalari narxi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 20-umumta’lim maktabi direktori Z.Berdiyeva, Xalq demokratik partiyasi Kattaqo‘rg‘on shahar kengashi raisi T.Hamidov va boshqalar nomzodning dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishga qaratilganini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hotamjon Ketmonovning Samarqand viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi