Hotamjon Ketmonovning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda. Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 21-fevral kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda. Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 21-fevral kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasining raisi A.Sattorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Karimova yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
Uchrashuvda Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Dasturda aholi, ayniqsa, kam ta’minlanganlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada rivojlantirish, aholining iste’mol ehtiyojlarini to‘la qondirish maqsadida mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalari faoliyatini takomillashtirish, yuqori sifatli iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikni tashkil etish orqali aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashni kuchaytirish vazifalari belgilangan.
Uchrashuvda Jizzax transport va sanoat kasb-hunar kolleji direktori Q.Ergashev, Jizzax tumani fermerlar kengashi raisi A.Abdurahmonov, Zomin tumani 1-o‘quvchilar ijodiyot markazi direktori G.Abdulhakimova va boshqalar nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayoni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlar hayotga tatbiq etilayotganining amaldagi ifodasi ekanini ta’kidladi.