Joylarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri 17-fevral kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 2-Andijon okrug saylov komissiyasining raisi O.Mirzayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Nurmatov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda mahalliy xomashyo va materiallarni qayta ishlash korxonalarini ular tomonidan ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni iqtisodiy va moliyaviy rag‘batlantirish, imtiyozli kreditlash samaradorligini oshirish, munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taqdim etayotgan korxonalarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, istiqbolli ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limini egallagan va oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash dasturlari hamda hududiy bandlik dasturlariga o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompleks yondashuvni ta’minlash va boshqa asosiy vazifalar belgilangan.

Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi Bo‘z tumani kengashi raisi M.To‘ychiyeva, “Asakabank” Andijon filiali bosh huquqshunosi I.Solijonov va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, bo‘lajak saylovlar Konstitutsiyamiz va milliy qonunchiligimiz talablari asosida, umume’tirof etilgan xalqaro normalarga muvofiq o‘tayotgani mamlakatimiz saylov tizimida demokratik tamoyillarga qat’iy amal qilinayotganidan dalolat ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hotamjon Ketmonovning Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi