“G‘alla – 2025”

G‘alla – xalqimiz rizq-ro‘zi va dasturxonimiz to‘kinligi manbai. Bugungi kunda mamlakatimizda g‘alla o‘rim-yig‘imini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

2025 yil hosili uchun Respublika bo‘yicha 156 ta qishloq xo‘jaligi tumanidagi 38 mingga yaqin fermer xo‘jaliklari hamda 147 ta g‘allachilik klasterlari tomonidan 1 million gektardan ortiq maydonlarda g‘alla yetishtirildi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqori hosildorlikka erishishda yer tayyorlash, unumdor navli urug‘lar tanlash hamda urug‘ qadashdan tortib, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etilishida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan doimiy ravishda olib borilgan tizimli ishlar muhim ahamiyatga ega.

2025 yil g‘alla hosilini qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish maqsadida “O‘zagroinspeksiya” xodimlari tomonidan muntazam monitoring tadbirlari olib borildi. Tadbirlarda don o‘rish kombaynlarining sozligi, o‘rimga shayligi ko‘rikdan o‘tkazilib mavsumga puxta hozirlik ko‘rildi.

– Bugungi kunda Respublika bo‘yicha jami 3 mingdan ortiq kombayn mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirilgan, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Anvarjon Mirzaahmedov. – Joriy yilda yana qo‘shimcha 195 ta yangi zamonaviy, yuqori unumli kombayn ham xarid qilindi. Shuningdek, o‘rilgan hosilni don qabul qilish korxonalariga tashish uchun 14 133 ta yuk avtomobili, yonilg‘i moylash mahsulotlarini yetkazib berish uchun 1 127 ta ko‘chma yonilg‘i qo‘yish agregati hamda servis xizmatlarini ko‘rsatish uchun 468 ta ko‘chma ta’mirlash ustaxonasi safarbar etilgan.

Hududlarda “O‘zagroinspeksiya” va Ichki ishlar vazirligi hamda tegishli mas’ullardan iborat ishchi guruhlari tashkil etilib, ular tomonidan ta’mirdan chiqarilgan kombaynlar maxsus sertifikat asosida qabul qilinadi.

Ta’kidlanishicha, “O‘zagroinspeksiya” nazorati va amaliy yordami asosida Respublika bo‘yicha jami 200 ta don qabul qilish maskanining moddiy-texnika bazasi 2025 yil g‘alla hosilini sifatli qabul qilishga tayyorlangan. Ushbu maskanlardagi laboratoriyalar zaruriy o‘lchov vositalari bilan to‘liq jihozlangan.

Shuningdek, avtomobil, tarozilar va laboratoriya o‘lchov vositalari davlat standartlari talablari asosida metrologiya qiyoslovidan o‘tkazilib, sertifikatlar bilan ta’minlangan.

Don qabul qilish maskanlarining barchasida “hosil qabuli” elektron tizimi ishga tushirilib, tarozilarga to‘liq kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. 

Qayd etilishicha, qabul jarayonlarida qog‘ozbozlikka barham berilib, yuk xatlari va hisob varaqlari elektron axborot tizimi orqali yuritiladi.

Nilufar Bozorova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Hosil qabuli” elektron tizimi ishga tushirildi