Holter monitoring tizimida sun’iy intellekt asosida aritmiyani aniqlash algoritmini ishlab chiqish
Saida Ismailovna HAMRAYEVA katta o‘qituvchi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Urganch, O‘zbekiston saidahamrayeva1987@gmail.com
Annotatsiya
Mazkur maqolada Holter monitoring ma’lumotlari asosida aritmiyani aniqlashga mo‘ljallangan gibrid sun’iy intellekt algoritmi taklif etiladi. Algoritm signalni oldindan qayta ishlash, shovqinni kamaytirish, R-cho‘qqilarni aniqlash, RR intervallarini hisoblash, segmentatsiya, belgi ajratish va klassifikatsiya bosqichlarini o‘z ichiga oladi. Modelda signalning morfologik xususiyatlari bilan ritm dinamikasi birgalikda hisobga olinadi. Shu maqsadda 1D-CNN va BiLSTM bloklaridan tashkil topgan gibrid arxitektura hamda signal sifati va ritm notekisligi ko‘rsatkichlariga asoslangan adaptiv integratsiya mexanizmi tavsiya etiladi.
Tayanch so‘zlar: Holter monitoring, aritmiya, EKG, sun’iy intellekt, chuqur o‘qitish, RR interval, atrial fibrillyatsiya, yurak ritmi, adaptiv integratsiya.