Hokimning egizaklarga sovgʻasi bor
Chaqaloqlarning vazni 2900, 2650, 2600 gramm. Tugʻruqxona bosh shifokori Salima Ochilovaning maʼlum qilishicha, uch egizakning ahvoli yaxshi.
Qarshi shahar tugʻruq majmuida uch nafar egizak dunyoga keldi.
Chaqaloqlarning onasi chiroqchilik 25 yoshli Durdona Boboqulova. U bir yoʻla bir oʻgʻil, ikki qizli boʻldi. Chaqaloqlarning vazni 2900, 2650, 2600 gramm. Tugʻruqxona bosh shifokori Salima Ochilovaning maʼlum qilishicha, uch egizakning ahvoli yaxshi.
Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining bildirishicha, ushbu quvonchli xabarga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham alohida eʼtibor qaratdi:
– Singlimizga onalik baxti muborak boʻlsin. Uch egizak farzandni katta qilish oson emas, albatta. Har qanday yordamga tayyorman. Ertagayoq egizaklar uchun atalgan oʻz sovgʻamni joʻnataman. Shuningdek, qonun doirasidagi barcha moddiy yordamlarni olishini ham oʻz nazoratimga olaman.