Hokimlarga viloyat markazlari va yirik shaharlarda situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish topshirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi chorak ko‘rsatkichlarini tarmoq va hududlar kesimida tanqidiy tahlil qilish va yilning qolgan davrida qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kecha Prezidentimiz Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan situatsion-tahlil markazida “Aqlli tuman” platformasi qanday tashkil qilingani bilan tanishdi.
Bugun barcha viloyat hokimlari mazkur tumanga o‘zi borib, yangi tizim qanday ishlayotgani, mahallalar qiyofasi, qurilishlar qanday ketayotganini kelib ko‘rdi.
Endi bir haftada viloyat prokurorlari, ichki ishlar, xavfsizlik va soliq idoralari rahbarlari uchun Mirzo Ulug‘bek tumani tajribasini ommalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Viloyat hokimlariga ikki oyda ushbu tajriba asosida viloyat markazlari va yirik shaharlarda xuddi shunday situatsion-tahlil markazlarini ishga tushirish topshirildi.
Yig‘ilishda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning hisobotlari tinglandi.
O‘zA