Hokim yordamchisidan bir savol...
Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risida tuzilgan dalolatnomani o‘zgartirsa yoki qaytadan tuzsa bo‘ladimi?
Mazkur savolga Markaziy bankning Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti boshqarma boshlig‘i Turg‘un Hakimov javob beradi.
- Hokim yordamchisi tomonidan taqdim etilgan mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risida o‘rganish natijasida tuzilgan dalolatnomasi mas’ul tijorat banklari hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Dalolatnomani rad etish yuzasidan mas’ul tijorat banklari filiallari hamda Agentlikning ishonch telefonlariga murojaat qilish lozim.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA