Hokim tadbirkorlarning muammolarini tingladi (+video)
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Savdo- sanoat palatasi viloyat boshqarmasida tadbirkorlar uchun ilk qabulini o‘tkazdi.
Dastavval viloyat rahbari tadbirkorlarga murojaat qildi va qabullarni o‘tkazish tartibi, muammolarning yechimida mutasaddilarning ishtiroki va mas’uliyat haqida to‘xtaldi.
Qayd etilishicha, o‘tgan hafta davomida Savdo- sanoat palatasi viloyat boshqarmasiga 22 ta murojaat kelib tushgan, shundan 18 tasi bugunga kadar hal etilgan. Qolgan 4 tasi viloyat xokimi ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Yangiyer shahridagi «Abdusamadbek-nur-savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarning bildirishicha, u o‘z mablag‘i hisobidan qiymati 7 mlrd so‘mlik qushxona qurgan, Belgilagan tartibga ko‘ra, hududdagi barcha chorva mollari, parrandalar ushbu qushxonada so‘yilib, laboratoriyadan o‘tkazilishi, so‘ngra sotuvga chiqarilish kerak. Biroq bu tartibga hamma ham amal qilmayapti.
Tadbirkor mas’ul tashkilotlarga bir necha marotaba murojaat qilgan, biroq amaliy yordam ko‘rsatilmagan. Bu uning faoliyatiga salbiy ta’sir qilib, 15 nafar xodimi ishsiz qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Viloyat hokimi bu masalada tadbirkor to‘laqonli haq ekanligi, bu holat atrof-muhit tozaligi, sanitariya-epidemiologik holat va aholi salomatligiga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidladi. Veterinariya boshqarmasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar nazoratni kuchaytirishi zarurligi qayd etildi.
Xovos tumanidagi “BOGʻISTON SABZ” MCHJ rahbari hozir ixtiyorida jami 530 gektar bog‘dorchilik uchun ajratilgan yer maydoni mavjudligi va shundan 3 gektarida logistika markazini qurish uchun ruxsat berilishini so‘rab murojaat qildi. Viloyat hokimi birinchi navbatda yer toifasini o‘zgartirish masalasi viloyat hokimligi vakolatiga kirmasligi, ikkinchidan, yer olish faqatgina auksion o‘tkazish tartibida hal bo‘lishini tushuntirdi.
Xovoslik yana bir tadbirkor uning 4 ta loyihasi bo‘yicha Loyihalar va import kontraktlarni kompleks ekspertiza qilish markazi tomonidan xulosa berilishi kechikayotgan va jarayonlarni tezlashtirishda amaliy yordam zarurligini bildirdi.
Erkinjon Turdimov aloqador tashkilotlarga muammoni yuzaga keltirayotgan omillar va sabablarni to‘liq qayta o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi.
[gallery-21462]
Boyovutdagi “STANDART STROY AZIA” MCHJ rahbari 800 mln.so‘m kredit evaziga avtomobil yuvish shoxobchasi tashkil etgani, biroq ishni to‘g‘ri olib bormagani tufayli olgan kreditini vaqtida to‘lay olmayotganini bildirdi. Hozir uning 500 mln.so‘m kredit qarzdorligi mavjud. Tadbirkor kredit to‘lash muddatini uzaytirishda amaliy yordam so‘radi.
Ayni masalada tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, unga belgilagan tartibda amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi zarurligi qayd etilib, mas’ullar biriktirildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FllGJRaOEZI" title="Hokim tadbirkorlarning muammolarini tingladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘ulom Primov,
Shahriyor Ortiqboyev (surat, video), O‘zA muxbirlari