Hisorak kichik gidroelektr stansiyasida yiliga 17,5 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi (video)
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GESning energetik quvvati 3,5 MVtga teng bo‘lib, yiliga o‘rtacha 17,5 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Inshootning loyiha qiymati 1,5 million AQSH dollariga teng. Mazkur GESni amaliyotga tatbiq etish natijasida 6 ta yangi ish o‘rni yaratildi. GES faoliyati yiliga o‘rtacha 5 million m3 tabiiy gazning iqtisod qilinishiga zamin yaratish bilan birga, 7 ming 300 xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.
[gallery-21544]
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PgauQKxyssw" title="Hisorak kichik gidroelektr stansiyasida yiliga 17,5 million kVt.soat elektr energiyasi ishlab" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jamshid NORQOBILOV (surat+video), O‘zA