Hindiston sharqida, G‘arbiy Bengaliya shtati Kalkutta shahridagi Rituraj mehmonxonasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida kamida 14 kishi, jumladan ikki bola halok bo‘ldi, bir necha kishi og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda BBC xabar tarqatgan.
Kecha kechqurun boshlangan yong‘in ayni payt nazoratga olingan. Rasmiylar qutqaruv ishlarini davom etayotganini aytdi. Hozircha boshqa ma’lumot yo‘q.
Politsiya hodisani o‘rganish uchun maxsus tergov guruhi tuzdi. Bosh vazir Narendra Modi fojiadan chuqur qayg‘uda ekani va qurbonlarning oilalariga moddiy tovon puli berilishini e’lon qildi.
Hindiston shaharlaridagi binolarda halokatli yong‘inlar tez-tez qayd etib turiladi. O‘tgan yil g‘arbiy Gujarat shtatidagi o‘yin maydonchasida chiqqan kuchli yong‘in 27 kishini hayotdan olib ketgan edi.
Musulmon Ziyo, O‘zA