Hindistonda transformator portlab, 15 kishi halok bo‘ldi
Hindiston shimolidagi Uttarakxand shtatida elektr transformatori portladi. Natijada 15 kishi, jumladan, politsiyachi va uch nafar qo‘riqlash xizmati xodimi halok bo‘ldi. Olti nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda kasalxonaga olib ketildi.
“Sinxua” mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib, qurilish maydoniga o‘rnatilgan transformator Chamoli okrugidan Alaknanda daryosi orqali ko‘prikka tok uzatayotganda portlaganini yozgan. Voqea joyi shtat ma’muriy markazi Dexradundan, taxminan, 266 kilometr sharqda.
Uttarakxand shtati bosh vaziri Pushkar Singx Dxami marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan va hodisa sababini o‘rganish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.