Hindistonda toshqin yuz berdi
Hindiston shimolida Himolay muzligining bir qismi daryoga qulashi oqibatida Uttaraxand shtatida toshqin yuzaga keldi.
O‘n bir kishi halok bo‘lgan, 145 kishi bedarak yo‘qolgan.
Bu haqda mamlakat rasmiylari bayonot berdi.
Toshqin to‘g‘onni buzib yuborgan, Uttaraxand shtatining ko‘p joylarini suv bosgan. Bedarak yo‘qolganlarning aksariyati ushbu shtatdagi ikkita GES ishchilari ekani taxmin qilinmoqda.
Qutqaruv ishlariga yuzlab harbiylar va vertolyotlar jalb qilingan.
Mutaxassislar hodisani tekshirmoqda, ammo muzlik yorilishiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan. Rasmiylarning ma’lum qilishicha, ayni paytgacha 25 kishi qutqarilgan.
Dushanba kungi tvitida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Uttaraxanddagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishini aytgan.
"Men hukumat vakillari bilan muntazam xabarlashib turibman, operatsiya tashkilotchilari qutqaruv ishlari haqida menga ma’lumotlarni yetkazmoqda", degan u.