Hindistonda suv toshqinlari to‘xtamayapti
G‘arbiy Bengaliyada suv toshqinlari natijasida qurbon bo‘lganlar 23 kishiga yetdi, taxminan 300 ming kishi ko‘chirilgan, deb yozmoqda mahalliy India Today gazetasi.
Avvalroq kuchli jaladan 14 kishi halok bo‘lgani haqda xabar berilgan edi.
Mahalliy hukumatning ta’kidlashicha, yog‘ingarchiliklar kamayganiga qaramay, vaziyat hamon og‘irligicha qolmoqda.