Hindistonda koronavirusga chalinish holatlari kamaymoqda
Hindistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq kunlik ko‘rsatkich pasaya boshladi.
Kecha mamlakat bo‘yicha 281,3 ming kishi infeksiya yuqtirgani aniqlangan. Holbuki, ushbu ko‘rsatkich 300 ming kishidan ham ko‘p bo‘lgan kunlar bo‘ldi, deb ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha jahonda AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 24,9 million kishidan oshgan, 274 ming kishi COVID qurboni bo‘ldi.
Hindistonda fevral oyi o‘rtalaridan koronavirus tarqalishi kuchaya boshlagan edi. Hatto, besh marta kunlik ko‘rsatkich 400 ming kishidan ham oshdi.
Shuningdek, xabarda Hindistonda hozirgacha 182 million kishi COVID ga qarshi emlangani aytilmoqda. Bu mamlakat aholisining qariyb, 13 foizini tashkil etadi.