Hindistonda emlangan fuqarolar soni bir milliarddan oshdi
Hindistonda bir milliarddan ziyod kishi koronavirusga qarshi hech bo‘lmaganda bir doza vaksina bilan emlandi, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mansux Mandaviya.
"Hindistonni tabriklaymiz!" 1 milliard 153 kishi emlandi – deb yozdi Mandaviya Twitter da.
Shunday qilib Hindiston koronavirusga qarshi emlangan kishilar bir milliarddan oshgan dunyodagi ikkinchi mamlakat bo‘ldi. Sentyabr boshida Xitoy koronavirusga qarshi emlangan fuqarolar soni bir milliarddan oshgani haqda xabar bergan edi.
Shunga qaramay, Hindiston koronavirus holati qayd etilgan fuqarolar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda bormoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan yili mart oyidan buyon mamlakatda 34,1 million kishi koronavirusga chalingan, 452 ming kishi ofat qurboni bo‘ldi.