Hindistonning Xaryana shtati, Roxtak shahrida joylashgan Maharshi Dayanand universitetida o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida O‘zbekiston, Rossiya va Hindiston sportchilari ishtirokida belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro "Do‘stlik" turniri tashkil etildi.

Shiddatli bahslarga boy musobaqada o‘zbekistonlik kurashchilar yuqori natijalar qayd etishdi. Xususan, Hasanboy O‘rayimov, Abbos Ahmadjonov, Murodjon Hamidov, Dostonbek Obidjonov, Samandar Abdusalomov, Azimjon Yuldoshev, Farangiz Abdunabiyeva va Shirinoy Yuldosheva oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ularning g‘alabasi sharafiga Hindistonda O‘zbekiston madhiyasi yangradi.  

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchilar jami 11 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi. Bellashuvlarni o‘zbekistonlik hakamlar Elmurod Abdullayev va Jamshidbek Egamov ham boshqarib bordi.  

Turnir doirasida O‘zbekistoning Hindistondagi elchixonasi tashabbusi bilan ushbu mamlakatning madaniyat va sport idoralari hamda parlament vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasida O‘zbekiston va Hindiston belbog‘li kurash federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kelishuvga ko‘ra, "Do‘stlik" turniri an’anaviy xalqaro musobaqaga aylantirilib, uning navbatdagi bosqichi 2026 yilda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirildi.  

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sardor Rustamboyev hamda O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindistonda belbog‘li kurash bo‘yicha "Do‘stlik" turniri o‘tkazildi