25 aprelga o‘tar kechasi Kashmirdagi Lipa vodiysida Hindiston va Pokiston chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, oddiy aholi vakillari halok bo‘lgani yoki jarohatlangani qayd etilmagan. Faqat chegaradagi tinchlikka darz ketgan.

22 aprel kuni Hindistonning sayyohlik shaharchasi Pahalgamda jangarilar uyushtirgan hujum tufayli 26 kishi hayotdan ko‘z yumgan, qurbonlarning ko‘pchiligi sayyohlar edi. “Qarshilik fronti” (The Resistance Front) guruhi hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. “Greater Kashmir” gazetasi yozishicha, Pokiston tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani aytilayotgan bu guruh Hindistonda terror tashkiloti sifatida ro‘yxatga olingan. Bosh vazir Narendra Modi qat’iy bayonot berib, hujumchilar “yerning tagidan bo‘lsa ham topilishi”ni ma’lum qildi. Pokiston esa fojiaga aloqadorligini rad etib, har qanday ehtimoliy tahdidga munosib javob qaytarishini bildirdi.

BMT ikki mamlakatni vazminlikka chaqirib, muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish lozimligini ta’kidlamoqda.

Bu voqealar ortidan Hindiston Pokiston fuqarolari 29 aprelgacha mamlakatni tark etishi majburiy ekanini e’lon qildi. Shuningdek, 1960 yil tuzilgan suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha shartnomani muzlatishga qaror qildi. Pokiston esa buni urushga da’vat sifatida baholamoqda.

K.Bekjonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik yana avj oldi