Hindiston va Pokiston harbiylari o‘rtasida otishma
Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmirning ikki mamlakat uchun bahsli bo‘lgan hududida bir-birlarining pozitsiyasini o‘qqa tutgan.
Hindiston va Pokiston harbiylari Kashmirning ikki mamlakat uchun bahsli bo‘lgan hududida bir-birlarining pozitsiyasini o‘qqa tutgan. RIA Novostining yozishicha, bu haqda Hindiston mudofaa vazirligi rasmiy vakili, podpolkovnik Devender Anand jurnalistlarga ma’lum qilgan.
“Mahalliy vaqt bilan 11.30 da Pokiston armiyasi Nausher sektorining nazorat chizig‘i bo‘ylab minomyotlar va nishonli qurollar yordamida “asossiz” otishma uyushtirdi. Bizning harbiylar bunga javob yo‘lladi. Otishmalar hali ham davom etmoqda”, degan Devender Anand.
Avvalroq, Pokiston harbiy kuchlari matbuot xizmati Kashmirning Hindiston nazoratidagi hududida sodir etilgan “asossiz” otishmalarda mamlakatning uch nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani, bir nafar askar jarohat olganini ma’lum qilgan edi.